Savolning ID si: 25869
Jamiyatimiz tomonidan ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida birja va kimoshdi savdolari orqali mahsulot (ish va xizmat)larni yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan bitimlar tuzilmoqda. Shuningdek, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni ham realizatsiya qilmoqda. Mahsulot (ish va xizmat)larni sotib oluvchi va yetkazib beruvchilar orasida jamiyatga affillangan shaxs boʻlib hisoblangan (yuridik va jismoniy) shaxslar bilan ham bitimlar tuzilmoqda. 06.05.2014 yildagi OʻRQ-370-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda affillangan shaxslar bilan shartnomalar (bitimlar) imzolash tartibi belgilangan. Ushbu Qonunning 91-moddasiga koʻra, birja va kimoshdi savdolari orqali tuziladigan bitimlarga, agar jamiyatning ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xom ashyo va materiallar, shuningdek jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot bitim predmeti boʻlsa, affillangan shaxslarga oid qoidalar tatbiq etilmaydi.
Jamiyatimiz tomonidan birja va kim oshdi savdolari orqali affilangan shaxslar bilan tuzilayotgan bitimlar toʻgʻrisida muhim faktlarni jamiyatning rasmiy veb-saytida va korporativ axborot yagona portali openinfo.uz da e’lon qilish shartmi yoki yoʻqmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock