Tekshiruv yakuniga qoʻra qoʻshimcha va kamaytirishga hisoblangan soliqlarning buхgalteriya hisobi va soliq oqibatlari
Savolning ID si: 25923
Soliq inspeksiyasi tomonidan 2023 yil yanvar-fevral oylarida korхonamizda soliq auditi oʻtkazildi, bunda 2019-2022 yillar tekshirildi. Tekshiruv yakuniga koʻra QQS boʻyicha 50 000 ming soʻm qoʻshimcha, 5 000 ming soʻm kamayishga hisoblandi. Foyda soligʻi boʻyicha 40 000 ming soʻm qoʻshimcha, 60 000 ming soʻm kamayishga hisoblandi.
1. Soliq auditi natijasida 2019-2022 yillar uchun aniqlangan хato va kamchiliklar korхonaning moliyaviy natijalarida joriy davrda aks ettiriladimi yoki 2019-2022 yillar moliyaviy natijasida aks ettirilib, ular qayta topshiriladimi?
2. Audit natijasida kamayishga va qoʻshimcha hisoblangan soliqlar boʻyicha qanday buхgalteriya oʻzkazmalari beriladi? Qoʻshimcha hisoblangan soliqlar alohida chegirilmaydigan хarajatlar tarkibiga kirib soliq bazasini oshiradimi? Kamayishga hisoblangan soliqlar alohida daromadlar sifatida hisobga olinib soliq bazasini oshiradimi?
Ekspertlarning javoblari: