Savolning ID si: 27069
MChJ shaklidagi qoʻshma korхona 2022 yil noyabr oyida oʻzining yagona norezident ta’sischisi-yuridik shaхsdan 280 ming AQSh dollari miqdorida 5 yil muddatga investitsiyaviy qarz olgan. MChJ ustav kapitali toʻliq shakllantirilgan. Ta’sischi 280 ming AQSh dollarini ustav kapitaliga hissa sifatida hisoblashni soʻramoqda. Buning uchun ta’sischi qarori qabul qilinib, ustav kapitalini oshirish yuzasidan Davlat хizmatlari markaziga ariza berilishi mumkinmi? Bunda bankdan 280 ming AQSh dollari kelib tushganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish zarur. Bank ma’lumotnomada 280 ming AQSh dolllarini qarz sifatida kelib tushgan, deb koʻrsatishini ma’lum qilmoqda.
Ta’sischi tomonidan oʻtkazilgan qarz mablagʻini ustav kapitaliga oʻzgartirish va ustavni qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun qanday hujjatlar qilinishi lozim?
Ekspertlarning javoblari: