Savolning ID si: 27470
Korxona balansida koʻchmas mulk ob’yektlari mavjud emas. Boshqa korxonadan oʻzi foydalanishi uchun kichik ofis va faoliyat yuritish uchun 3000 kv.m. ochiq yer maydonini ijaraga olgan. Shu ochiq maydonni 10 dan ortiq boshqa korxonalarga ochiq turdagi saqlash ombori sifatida TMZlarni saqlash uchun ikkilamchi ijaraga beradi. Buyurtmachilar asosan metall mahsulotlarini saqlashini inobatga olib, korxonamiz kran yordamida ularning yuklarini ortish-tushirish xizmatlarini ham koʻrsatadi. 2024 yilda ijaraga beruvchi tomonidan E-ijara sayti orqali ijara shartnomamiz ochiq maydonlar ijarasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi. Ammo biz oʻz buyurtmachilarimizga ikkilamchi ijara shartnomasini saytda roʻyxatdan oʻtkaza olmaymiz. Chunki saytda bunday funksiya mavjud emas.
Ochiq yer maydonlarini shu tarzda ikkilamchi ijaraga berish qonunbuzarlik hisoblanadimi? Agar qonunda bu tarzda faoliyat yuritishga taqiq boʻlmasa, E-ijara sayti bilan bogʻliq muammolarni qay tartibda hal qilish mumkin?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.