Qayta tiklanadigan energiya manbalari yuzasidan mulk soligʻidan ozodlik
Savolning ID si: 27527
Korхonamiz qayta tiklanadigan energiya manbalarini (0,1 MVt va koʻproq) oʻrnatmoqchi. Korхonamiz jami yer mayodoni 1 Ga, mulk joylashgan maydon 2000 kvadrat metr. Biz 1000 kvadrat metr joyga qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalarini oʻrnatamiz. Soliq kodeksi 428-modda 1-qismida yer soligʻi boʻyicha imtiyoz mavjud va unda "Faqatgina uskunalari egallagan yer uchastkalari boʻyicha" maydon uchun deyilgan. Shunda biz 1000 kvadrat metr yer uchun (0.1 Ga) yer soligʻidan ozodmiz. SK 414-modda 3-qism 2-bandida "qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran oʻn yil muddatga" deb yozilgan. Lekin uskunalari egallagan yer uchastkalari boʻyicha deyilmagan.
Shunda biz 1000 kv metr joyga uskuna oʻrnatsak, jami (2000 kv/m) mol-mulk soligʻidan 10 yilga ozod boʻlamizmi?
Ekspertlarning javoblari: