Koʻchmas mulk rekonstruksiyasida mol-mulk soligʻi
Savolning ID si: 27761
Jamiyat balansida mavjud mulkni rekontruksiya qilish maqsadida Toshkent shahar qurilish boshqarmasidan 10.02.2019 yilda ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruхsatnoma oldi. 2021 yilda pudratchi bilan shartnoma imzolanib, 02.02.2021 yilda Toshkent shahar Davlat qurilish nazorati inspeksiyasiga (GASN) yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali хabar berilgan. Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddat koʻrsatilmagan. 20.12.2023 yilda qurilish ishlari tugaganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, ob’yekt qabul qilindi, ya’ni quruvchi tashkilot va jamiyat oʻrtasida topshirish - qabul qilish dalolatnomasi tuzildi. Davlat tomonidan hali qurilish ishlari qabul qilinmadi.
Ushbu vaziyatda mol-mulk soligʻi solish maqsadida normativ muddatlarda ishga tushirilmagan, qurilishi tugallanmagan ob’yekt sifatida tasniflash boshlanish sanasi va tugash sanasi boʻlib qaysi sanalar inobatga olinadi?
Ekspertlarning javoblari: