Mulkning bozor qiymati QQS summasini oʻz ichiga olishi
Savolning ID si: 28533
Kredit shartnomasiga koʻra garovga mulk qoʻyilgan edi. Kredit qarzdorligi yopilmay qoldi, shu sababdan ushbu mulk voz kechish shartnomasiga asosan bank balansiga oʻtmoqda. Garovdagi mulk bozor bahosi mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan 1 mlrd.soʻmga baholangan. Bu korхonaning hisobotida QQS boʻyicha hech qanday ma’lumot koʻrsatib oʻtilmagan, ya’ni mulkning 1 mlrd.soʻmlik bozor bahosi QQS bilanmi yoki QQSsizmi - bunga aniqlik kiritilmagan. Qarzdor korхona esa QQS toʻlovchisi hisoblanadi.
Ushbu vaziyatda qarzdor korхona garovdagi mulkni bankka berishda EHFni QQS bilan birga 1 mlrd.soʻmga rasmiylashtiradimi yoki QQS bozor bahosi ustiga qoʻshilgan holda 1,12 mlrd.soʻmga rasmiylashtiriladimi?
Ekspertlarning javoblari: