Savolning ID si: 29029
Joriy yilning 1 aprelidan boshlab avtotransport vositalarini olib kirish (import) tartibida oʻzgarish boʻlganligi munosabati bilan import qilingan avtomobillarga bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish jarayonlari ham oʻzgardi. Masalan, BYuDning IM-74 rejimi korxonaga rasmiylashtirilib, BYuDning IM-40 rejimining 8-tartib raqamida oluvchi - fuqaro bilan ketma-ketlikda “topshiriq boʻyicha” soʻzlari bilan korxonaning nomi ham qoʻshilmoqda. Bojxona toʻlovlari korxona tomonidan toʻliq toʻlanmoqda. Asosiy tushunmovchilik shundaki, korxona tomonidan toʻlangan bojxona toʻlovlari bojxonaning solishtirma dalolatnomasida mavjud, lekin elektron soliq xizmatlari dasturining QQS hisobotida avtomatik aks ettirilmayapti. Buning natijasida bojxonaga toʻlangan QQS summasi hisobga olinmasdan qolmoqda.
Rasmiylashtirilgan BYuD qanchalik toʻgʻriligi va korxona uchun yana qanday soliq oqibatlari kelib chiqishi mumkinligi toʻgʻrisida tushuntirish berishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock