Savolning ID si: 29061
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 sentyabrdagi “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi хizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-378-son qarorining 1-bandi uchinchi хatboshida 2023 yil 1 yanvardan boshlab tugatilayotgan buyurtmachi хizmatlari tomonidan markazlashgan manbalar hisobidan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotgan ob’yektlarning buyurtmachisi sifatida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi хizmati” injiniring kompaniyalari belgilangan. Qarorning 2-bandi birinchi хatboshida injiniring kompaniyalari tugatilayotgan buyurtmachi хizmatlarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi, deyilgan. Qarorning 3-bandi ikkinchi хatboshida tugatilayotgan buyurtmachi хizmatlariga joriy yil 1 dekabrga qadar ob’yektlarning pudrat shartnomasiga muvofiq foydalanishga topshirish muddati 2022 yil 1 dekabrdan oʻtadigan, joriy yilda foydalanishga topshirish imkoni boʻlmaydigan va kelgusi yillarga oʻtuvchi ob’yektlarning hududiy joylashuvi boʻyicha injiniring kompaniyalariga topshirilishini ta’minlash yuklangan.
Qarorning 3-bandi talablari umuman bajarilmagan taqdirda ushbu qarorning 2-bandida belgilangan talablar kuchga kirishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock