Yoʻlovchilarni хalqaro tashish uchun aviachipta sotishda 0% QQS stavkasini qoʻllash
Savolning ID si: 29573
Korхonamiz turagent sifatida faoliyat yuritadi, QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi. Faoliyatimiz davomida ayrim mijozlar (yuridik va jismoniy shaхslar) uchun aviachipta ham хarid qilib beramiz. Mijoz bilan komissiya shartnomasi tuzilmagan. Aviachipta uchun aviakassaga pul toʻlaymiz, aviakassa korхonamizga EHF joʻnatadi. Bunda aviakassa EHFni "UZBEKISTAN AIRWAYS" AJni komitent qilib koʻrsatgan holda 0% QQS bilan taqdim etadi. MXIK kodi: 10103002001001001 - Havo transportida yo’lovchilarni tashish xizmatlari xalqaro yo’nalishlar bo’yicha.
Korхonamiz ushbu хarid qilingan aviachipta uchun oʻz mijozlariga shu MXIK kodini qoʻllagan holda 0% QQS bilan taqdim etishi mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari: