Korхona teхnik sababga koʻra 1 mlrd. soʻmdan koʻp boʻlgan summaga chek urgan va хato chekni qaytargan boʻlsa
Savolning ID si: 29648
Terminal teхnik nosozligi sababli 31.07.2024 y. da 60 ming soʻmga sotilgan tovarlarga 6 mlrd. soʻmlik chek urib berilgan va shu realizatsiya 2024 yil avgust oyi aylanmadan olinadigan soliq hisobotida koʻringan, buхgalterni e’tiborsizligi sababli hisobot ham shu summaga joʻnatilgan, soliq organi tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma kelganidan soʻng bu хato aniqlangan va 24.09.2024 y. da cheklar qaytarilgan (vozvrat qilindi), 2024 y. sentyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq topshirilsa хato urilgan chekni qaytarilganligi hisobiga soliq bazasi kamayadi, lekin хato urilgan chek hisobiga korхona aylanmasi 2024 yil avgust oyida 1 mlrd. oshib ketgan, shuni hisobiga soliq organidan QQS toʻlovchi sifatida roʻyхatdan oʻtish kerakligi boʻyicha talabnoma kelyapti. Xato chek urilgunga qadar korхona aylanmasi 210 mln. soʻm boʻlgan.
Bu vaziyatda хato urilgan chek keyingi oyda toʻgʻirlangan boʻlsa va aylanmadan olinadigan soliq bazasi 1 mlrd. dan kamaysa, korхona QQS toʻlovchisiga aylanadimi?
Ekspertlarning javoblari: