Chet ellik korxonadan logistika xizmatlari xarid qilinganida soliq oqibatlari
Savolning ID si: 30225
Korxona tovarlarni import qilib sotadi. Ayrim holatlarda alohida norezident logistika kompaniyasi xizmatidan foydalanishga toʻgʻri keladi. Bu logistika kompaniyasi tovarlarni mol yetkazib beruvchi joylashgan davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasigacha yetkazib bergan. Bojxonadan korxona omborxonasigacha tovarlarni oʻzimiz yetkazganmiz. Logistika kompaniyasi oʻz davlatining rezidentlik sertifikatini taqdim etgan, shunga asosan norezidentlar daromadidan olinadigan soliqni ushlab qolmaganmiz. QQS ham toʻlamaganmiz. Soliq boshqarmasi hozirda ushbu vaziyat boʻyicha norezidentning soliqlarini toʻlashda soliq agenti sifatida ishtirok etishimiz va 6% stavkada foyda soligʻi hamda 12% stavkada QQS toʻlashimiz kerakligi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatdi. Foyda soligʻini ushlab qolmaganimizga asos qilib SK 357-moddasini koʻrsatib, unga rezidentlik sertifikatini ilova qilib javob berdik.
1. Norezidentdan foyda soligʻini SK 357-moddasiga asosan rezidentlik sertifikati borligi sababli ushlab qolmaganimiz va shunday javob berganimiz toʻgʻrimi?
2. Norezident tomonidan koʻrsatilgan logistika xizmatlarining realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston hisoblanib, QQS toʻlanadimi?
3. Ushbu vaziyatda qanday soliq hisobotlari taqdim etiladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.