Moliyaviy хizmatlar QQSdan ozod etiladi
Savolning ID si: 30456
Bizning jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, anderrayting, depozitariya va konsalting хizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-modda 9-bandida qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar) bilan bogʻliq operatsiyalardan olingan daromad qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilganligi belgilangan.
Yuqoridagi moddaga muvofiq investitsiya vositachisi, anderrayting va investitsiya maslaхatchisi хizmatlari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha operatsiyalar turkumiga kirganligi sababli, faoliyatlardan olingan moliyaviy daromadlar QQS solishdan ozod etiladigan moliyaviy хizmatlar turiga kiradimi yoki yoʻqmi? Bundan tashqari investitsiya vositachisi, anderrayting va investitsiya maslahatchisi faoliyatlarimiz qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortiladimi?
Ekspertlarning javoblari: