QQS guvohnomasi olinmagan payt uchun QQSni hisobga olish
Savolning ID si: 30638
Jamiyat 2022 yil mart oyida ochilgan va ochilgan vaqtida aylanmadan soliq toʻlovchisi boʻlgan. 2022 yilning oktyabr-noyabr hamda 2023 yilning fevral oylarida uskuna import qilgan. Jamiyat 2023 yil yanvar oyida QQS soliq toʻlovchi boʻlib roʻyхatdan oʻtgan, ammo QQS guvohnoma olmagan, jamiyat QQS guvohnomasini 2024 yilning oktyabr oyida oldi. Uskuna ayrimlari QQSsiz hamda QQSli qilib olib kirilgan. Uskunani 2024 yil noyabr oyidan ishga tushirgan (uskuna qiymati shartli ravishda 1 mlrd. qqssiz va 1,2 mlrd. qqsli deb olaylik).
Jamiyat qaysi sanada QQSni hisobga olishga haqli va qaysi normativ hujjatga asosan? Uskunaning qaysi qiymatidan QQS hisobga olinadi? (bugungi kunga qadar uskuna uchun amortizatsiya hisoblanmagan sababi ishlatilmagan).
Ekspertlarning javoblari: