Xodimlarni olib kelish va olib ketish uchun taksi xizmatlaridan foydalanilganda soliq oqibatlari
Savolning ID si: 31415
Bizning tashkilotimiz tomonidan “YandexGO UB” MChJ bilan ayrim hodimlarimizni ishga olib kelish va olib ketish (taksi) xizmatlarini taqdim etish boʻyicha shartnoma imzolash rejalashtirilmoqda. Bunda taqdim etilayotgan xodimlar uchun ishga olib kelish va olib ketish xizmatlari uchun toʻlov bank (ish beruvchi) hisobidan toʻlanadi va bank xarajatiga olinadi. Soliq kodeksi 369-moddasi 3 xat boshi 4 bandida - xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish boʻyicha xarajatlari jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan xarajatlariga soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmasligi belgilangan.
Ushbu vaziyatda bank (ish beruvchi) tomonidan xodimlari ishga kelish-ketish xizmatlari uchun “YandexGO UB” MChJga toʻlangan toʻlov xodimlar uchun daromad sifatida hisoblanib daromad soligʻiga tortiladimi yoki soliqdan ozod etiladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.