Kafillikda daromadning tan olinishi
Savolning ID si: 32287
Kompaniya tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan qarz oluvchilarga milliy va хorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkredetivlarga umumiy qiymati 5 mlrd. soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etadi. Kreditor tomonidan ajratilgan kreditlarga berilgan kafilliklar uchun kompaniya qarz oluvchilardan vositachilik haki oʻrdiradi. Qarz oluvchilar ajratilgan kreditni muddatidan oldin qaytarganda, uning murojatiga asosan, toʻlangan vositachilik haqlari kafillik berilgan davrga nisbatan foydalanilmagan kunlar uchun qaytarib beriladi.
Shunda soliq solish maqsadlarida qarz oluvchilar tomonidan toʻlangan vositachilik haqlarini kompaniya majburiyatlarini bajargan davrga nisbatan daromad sifatida tan olish kerak mi, yoki vositachilik haqlari toʻlangan davrda daromad sifatida toʻliq summaga tan olish kerak mi?
Ekspertlarning javoblari: