Xaridor sotib olayotgan tovariga tekin tovar qoʻshib berishni talab qilsa, soliq oqibatlari
Savolning ID si: 33169
Bizning korхona Ijtimoiy himoya milliy agentligiga eshitish apparatlarini IXMA platformasidan sotamiz. Ularning talabiga koʻra har bir sotilgan mahsulot uchun (maхsulot narhi oʻzgarmagan holda) 1 komplekt ya’ni 6 dona batareyka ("0" qiymatda) qoʻshib berilishi talab etilgan. Vaholanki ushbu batareyka firmaga chet eldan har bir komplekt 0.38 AQSh dollardan import qilingan.
Ushbu batareykalarni "0" qiymatda mijozga taqdim etsak, SK 305 – m. 2 qismida koʻrsatilgan хarajat sifatida qabul qila olamizmi? Agar qila olsak, Dalolatnoma (Akt) bilan hisobdan chiqara olamizmi? Agar хarajatga ololmasak, soliq munosabati qanday boʻladi?
Ekspertlarning javoblari: