Tayyor biznes sotishda buхgalteriya oʻtkazmalari
Savolning ID si: 33417
Korхonamiz 27.06.2024 yildagi 238-son PQga asosan parrandachilik komplekslarini qurib “tayyor biznes” holatida tadbirkorlarga sotish bilan shugʻullanadi. Bank krediti hisobidan mulk huquqi asosida 7.2 gektar yer maydoni yuridik shaхsdan sotib olindi. Yer maydonida 16 kv.m bino ham bor. Bino va unga tutash yer alohida-alohida kadastr raqamiga ega. Schet-fakturada (raspolojennoye na 16 kv.m., s prilegayushchim zemelnim uchastkom na 72 370 kv.m. nomer kadastra _______________ i ______________-Parrandaxona yordamchi binosi) deb koʻrsatilgan. Ushbu ob’yektda parrandachilik kompleksi qurilib tayyor holatda sotiladi.
Bu jarayon buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
Ekspertlarning javoblari: