Oʻzini oʻzini band qilgan shaxs bilan shartnoma tuzish
Savolning ID si: 33639
17.09.2025y. kuni korxona va jismoniy shaxs oʻrtasida elektron hujjat aylanishi dasturiy ta’minotini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 36-sonli xizmat koʻrsatish shartnomasi imzolangan boʻlib, uning amal qilish muddati 16.03.2026y.gacha deb belgilangan. Shartnomaning 1-sonli ilovasi, 3-bandida fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgani va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar SKning 369-moddasi 9-bandiga muvofiq soliq ushlanmagan holda amalga oshirilishi belgilab oʻtilgan. VMning 23.12.2020y.dagi 806-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 6-bandiga muvofiq, tashkilotlar faqat bir martalik xizmatlar koʻrsatish yoki ishlar bajarish uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni jalb qilishi mumkinligi belgilangan. Mazkur shartnoma doirasida 30.09.2025y. kuni Dalolatnomasi asosida toʻlov amalga oshirilgan boʻlib, mazkur toʻlov SKning 369-moddasi 9-bandiga muvofiq soliq imtiyozlari qoʻllangan holda toʻlangan.
2025 yil sentyabr oyida bajarilgan xizmatlar uchun toʻlovda Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga asosan soliq ushlanmaganligi inobatga olingan holda, shartnoma asosida kelgusida xizmatlar koʻrsatilganda soliq oqibatlarini oldini olish uchun shartnomaga qanday oʻzgartirishlar kiritilishi lozim?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.