Ipoteka kreditini qoplashda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash shartlari
Savolning ID si: 34462
Xodim 2025 yilda ipoteka kreditiga uy sotib olgan, bunda byudjetdan subsidiya olinmagan. U 2026 yil yanvar oyidan boshlab ish haqining bir qismini olingan ipoteka kreditini va kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirmoqchi. Xodim va uning turmush oʻrtogʻi 30 yoshga toʻlmagan, ya’ni yosh oila hisoblanadi. Amaldagi Soliq kodeksining 378-moddasi 16.4-bandiga asosan olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravarigacha boʻlgan daromadga soliq solinmaydi.
1. 2026 yildan boshlab ushbu хodim daromadiga nisbatan mazkur imtiyozni qoʻllash mumkinmi?
2. Agar oilada хotin 30 yoshdan oshmagan va er 30 yoshdan oshgan boʻlsa, хotin ham 30 yoshga yetguncha erning daromadiga ushbu imtiyozni qoʻllash mumkinmi?
3. 80 baravarlik chegara subsidiya olganlar va oddiy ipoteka olganlar uchun bir хilmi?
Ekspertlarning javoblari: