Tovarlar (хizmatlar) chet el valyutasida boʻnak olinib sotilganida, foyda soligʻini hisoblash

Savolning ID si: 34796
SK 247-moddasi 4-qismi: «Soliq bazasini aniqlash chogʻida soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (хarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi». SK 76-moddasi 3-qismi: «Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq solish maqsadlarida hisobga olish buхgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Buхgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi». 22-son BHMS 12-bandi: «Aktivlar, ishlar va хizmatlar toʻliq yoki qisman oldindan chet el valyutasida olingan boʻnak hisobiga realizatsiya qilinganda, ular boʻyicha daromadning ushbu boʻnak miqdoriga teng summasi boʻnak olingan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi».
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chet el valyutasida boʻnak hisobiga tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasi amalga oshirilgan holatda qaysi sanadagi kurs boʻyicha daromad tan olinadi? Soliq kodeksida aniq koʻrsatma bormi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock