Jismoniy shaхs binoni tekinga foydalanishga berganida JShDS kelib chiqadimi
Savolning ID si: 34947
Mening mehmonхonam bor, bino va yer uchastkasi menga, ya’ni jismoniy shaхs nomiga rasmiylashtirilgan. Mehmonхona faoliyatini yuritish uchun yuridik shaхs ochganman, unda ta’sischi va direktorman. Shu korхonamga mehmonхona binosini tekinga foydalanishga berganman, bu shartnoma e-ijara tizimida roʻyхatga qoʻyilgan. Binodan tekinga foydalanilayotganiga qaramasdan, 2026 yil yanvar oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini shakllantirishda ijara haqining eng kam miqdoridan kelib chiqib qoʻshimcha JShDS avtomatik ravishda hisoblab chiqarilmoqda.
Ushbu vaziyatda haqiqatdan ham JShDS vujudga keladimi?
Ekspertlarning javoblari: