Vositachi orqali xarid qilingan xizmatlarga EHF olish tartibi
Savolning ID si: 35431
Jamiyat boshqa bir jamiyatning aksiyalarini sotib olish uchun vositachi brokerlik tashkiloti bilan shartnoma imzoladi. Shartnomaga muvofiq toʻlov 100% oldindan amalga oshirildi. Toʻlangan mablagʻlar 4 qismga boʻlinib xarajat qilinadi: RFBda birja savdolarida ishtirok etish uchun komission haq, A davlat tashkilotiga aksiyalarning nominal qiymatida toʻlov, sotib olingan aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markaziy depozitariy (MD) ga toʻlov va vositachini oʻz xizmat haqi uchun. Qilingan xarajatlarga vositachi oʻz xizmat haqiga hisob-varaq faktura, RFB va MB ga qilingan xarajat uchun dalolatnoma taqdim etdi. Bu holatda biz RFB va MDga qilgan xarajatlar uchun ham hisob-varaq faktura taqdim etishini talab qilmoqdamiz. Ular esa RFB va MBga qilgan xarajatlar boʻyicha xizmat faoliyati MXIK kodlariga mos emas deb, rad javobini bermoqda. RFB va MB brokerga hisob-varaq faktura taqdim etgan.
Yuqoridagi holatda, vositachi korxona bizning mablagʻlar hisobidan RFB va MBga qilingan xarajatlar uchun qanday tartibda hisob-varaq faktura taqdim etishi kerak?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.