Shartnoma shartlari korxona uchun manfaatli boʻlishi uchun qanday rasmiylashtirilishi kerak
Savolning ID si: 35447
Korxona mol yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan oldi-sotdi shartnoma asosida ishlaydi. Shartnomada bonuslar boʻyicha umumiy mazmundagi band bor, lekin aniq raqamlarda koʻrsatilmagan va ma’lum harajatlarni qoplash ham alohida koʻrsatilmagan. Bonuslar mavjud boʻlganda dalolatnoma asosida oʻzaro hisobga olish yoki toʻlab berish nazarda tutilgan. Bonuslarni toʻlash tovar narxini oʻzgartirmasligi va tuzatuvchi EHF talab qilinmasligi belgilangan. Amalda esa mol yetkazib beruvchi bizdan oy yakuni boʻyicha aniqlangan bonus summasiga EHF rasmiylashtirib berishimizni soʻrayapti va shundan soʻng oʻzaro qarzimizdan ayirmoqda. Bunda davr yakunlanganda ushbu summa soliqqa tortiladigan daromadga aylanib, foyda soligʻi summasini oshirmoqda va kirim qilingan tovar hisobiga paydo boʻlgan hisobga olingan QQSni ham kamaytirmoqda.
Ushbu vaziyatda korxonada soliq oqibatlari toʻgʻri boʻlishi uchun qanday tartibda kelishuv qilishi kerak? Buxgalteriya hisobi qanday boʻladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.