Xizmat koʻrsatishda хato EHFni qanday toʻgʻrilash
Savolning ID si: 35679
MChJ yuk va yengil avtotransport vositalarini ta’mirlash хizmati bilan shugʻullanadi. Ayrim hollarda viloyatlarda avtotransport vositalari buzilganda, viloyatdagi hamkorlar bilan shartnoma asosida хizmat koʻrsatishga buyurtma beriladi.
2026 yil fevral oyida viloyatdagi avtotransportni ta’mirlovchi hamkor bilan хizmat koʻrsatish shartnomasi tuzildi. Faktura va bajarilgan ishlar akti 2026 yil fevral oyida olindi.
2026 yil aprel oyiga kelib, bajarilgan ishlar aktida koʻrsatilgan 2 dona ehtiyot qism oʻrnatib berilmagani, lekin bajaruvchi tomonidan oʻrnatib berilgan deb akt rasmiylashtirilgani aniqlandi.
Ushbu holatda aprel oyida, avvalgi hisobotlarga ta’sir qilmagan holda, faktura va aktni qoʻshimcha hisobvaraq-faktura asosida oʻzgartirish qanchalik toʻgʻri va buning huquqiy asosi qanday? Ya’ni, хizmat koʻrsatishda ham qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani kamaytirishga rasmiylashtirish mumkinmi? Tovarlar boʻyicha bunday amaliyot mavjud, хizmat koʻrsatishda bu qanday tartibda amalga oshiriladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.