Davlatga bepul topshirilgan aktivlar boʻyicha QQS: imtiyoz qoʻllash va tuzatish kiritish majburiyati masalasi

Savolning ID si: 35945
2022 yilda korхona Prezident qaroriga asosan oʻz mulkini bepul ravishda davlat muassasasiga topshirgan. Mazkur operatsiya boʻyicha EHF QQS bilan notoʻgʻri rasmiylashtirilgan. 2025 yilda korхona soliq organiga murojaat qilib, EHFni tuzatish uchun ruхsat olgan hamda ushbu bepul berilgan mulk boʻyicha Soliq kodeksining 243-m.17-b. asosan tuzatuvchi EHF rasmiylashtirilgan. Jamiyat hisob siyosatiga muvofiq QQS hisoboti alohida-alohida hisobga olish usuli asosida yuritiladi. Shu munosabat bilan, 2025 yilda 2022 il. noyabr oyi uchun QQS boʻyicha aniqlashtiruvchi hisobot taqdim etilgan. Hisobotda imtiyoz avtomatik tarzda shakllangan. Biroq, soliq organi SK 268-m. asosan, AJ tomonidan 2022 yil noyabr oyida imtiyoz qoʻllanilgan holda realizatsiya qilingan 8 276 961,0 ming soʻmlik tovar-moddiy boyliklar boʻyicha QQS summasi hisobotning 3-ilovasidagi “QQSdan ozod qilinadigan aylanmalar” qismi 0302-satrida aks ettirilishi shartligini talab qilmoqda. Natijada, korхona Soliq kodeksining 243-m. 17-b. nazarda tutilgan imtiyozdan amalda foydalana olmayotgan holat yuzaga kelmoqda.
Soliq organining SK 268-m. asosan, 2022 yil noyabr oyida imtiyoz bilan realizatsiya qilingan 8 276 961,0 ming soʻmlik TMBlarni QQS hisobotining 3-ilovasi 0302-satrida koʻrsatish haqidagi talabi asoslimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock