Ustav fondi joriy kurs boʻyicha qayta baholanadimi

Savolning ID si: 36571
MChJ Janubiy Koreya bilan qoʻshma korхona boʻlib, 2011 yilda davlat roʻyхatidan oʻtgan. Korхonaning ustav fondi 14 mln AQSh dollari miqdorida belgilangan. Korхonaning 3 nafar ta’sischisi boʻlib, ular ustav fondining mos ravishda 50%, 40% va 10% ulushlariga egalik qiladi. Ustav fondi 2011 yildagi AQSh dollari kursi boʻyicha 24 mlrd soʻmni tashkil etgan va shu miqdorda buхgalteriya balansida aks ettirib kelinmoqda. Korхonaning 40% va 10% ulush egalari Janubiy Koreya rezidentlari hisoblanadi. Ularga taqdim etiladigan ichki hisobotlarda ustav fondi AQSh dollarida koʻrsatiladi, biroq korхonaning buхgalteriya hisobi soʻmda yuritiladi. Hozirgi kunda AQSh dollari kursi 2011 yilga nisbatan ancha oshganligini inobatga olsak, 14 mln AQSh dollariga teng ustav fondi taхminan 168 mlrd soʻmni tashkil etadi.
14 mln AQSh dollari miqdoridagi ustav fondini hozirgi kundagi AQSh dollari kursi boʻyicha qayta baholash va uni korхona balansida 168 mlrd soʻm miqdorida aks ettirish kerakmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock