Soliq auditi tomonidan tekshirilgan davr uchun aniqlashtirilgan QQS hisob-kitobi qabul qilinadimi

Savolning ID si: 36647
MChJ tomonidan 2022 yilning aprel–dekabr oylari uchun QQS hisobotlari qayta koʻrib chiqilib, avvalgi hisobotlarda yoʻl qoʻyilgan хatolarni tuzatish maqsadida aniqlashtirilgan hisobotlar tayyorlangan. Ushbu aniqlashtirilgan QQS hisob-kitoblari 2025 yil 26 dekabrda elektron tarzda soliq organiga taqdim etilgan. Biroq viloyat soliq boshqarmasi 2026 yil 15 yanvarda ularni qabul qilishni rad etgan. Soliq organi rad etishga 2020–2023 yillar uchun oʻtkazilgan soliq auditini hamda Soliq kodeksining 140-moddasini asos qilib koʻrsatgan. Shu bilan birga, jamiyatning fikriga koʻra, avvalgi soliq auditida QQS boʻyicha hisobga olinishi lozim boʻlgan (zachyot) summalar toʻliq inobatga olinmagan. Natijada aniqlashtirilgan hisobotlarni qabul qilmaslik jamiyatning qariyb 3 mlrd soʻm miqdoridagi QQS summasini hisobga olish imkoniyatidan mahrum boʻlishiga olib kelmoqda. Jamiyat ushbu masala yuzasidan viloyat soliq boshqarmasiga hamda yuqori turuvchi organ — Soliq qoʻmitasiga murojaat qilgan, biroq masala hal etilmagan.
Soliq organi avval oʻtkazilgan soliq auditini asos qilib, jamiyat tomonidan Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan muddat doirasida taqdim etilgan aniqlashtirilgan QQS hisob-kitoblarini qabul qilishni rad etishi qonuniymi? Agar rad etish qonuniy boʻlmasa, soliq organi ushbu aniqlashtirilgan hisob-kitoblarni qabul qilib, ularda koʻrsatilgan QQS summalarini belgilangan tartibda oʻrganib, hisobga olishi lozimmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock