Savolning ID si: 4481
Yaponiyada ta’lim olaman. Iyul’ oyida pasportimni yoʻqotib qoʻydim. Pasportim yoʻkolishi bilan darhol politsiyaga xabar berdim, politsiya menga pasportimni sentyabr oyida topib berdi. Lekin biometrik pasportim topilganda u namlik ta’sirida qolgan vizalar uchun moʻljallangan bir varagʻi yetishmagan holda edi. Oʻzbekistonning Tokiodagi elchixonasiga murojaat qilganimda konsul pasportim qay holda ekanligini koʻrib chiqib, menga agar Yaponiya migratsiya xizmati Oʻzbekistonga qaytayotganimda hozirgi pasportim bilan Yaponiyani tark etishga ruxsat bersa, unda ushbu pasport uchun vatanga qaytish sertifikatini olish shart boʻlmasligini aytdi. Menda hozirda pasportim qay holda topilgani haqida Yaponiya politsiyasidan olingan dalolatnoma va Yaponiya migratsiya xizmatidan olingan "Yaponiyadaligimda hech qanday boshqa chet mamlakatga bormaganligim" toʻgʻrisida ma’lumotnoma (rus tilidagi tarjimasi notarial tasdiqlangan va apostil bilan) mavjud.
Toshkent aeroportida chergara xizmati xodimlari pasportimning yetishmagan varagʻi haqida tushuntirish talab qilishsa men yuqorida keltirilgan hujjatlarni asos qilib koʻrsatishim mumkinmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.