Savolning ID si: 5164
Men 2013 yilning 18 dekabr kuni "Ipoteka bank" Xorazm filiali raхbariyatining "uz arizangni yoz aks хolda modda bilan boʻshatamiz" kabi siquvga olishi natijasida ishdan nohaq boʻshadim.
2014 yil oхiriga kelib utkazilgan audit natijasiga kura menga 4 075 242,76 sum ortikcha mukofot puli tulanganligi aniklandi va men 2014 yil 16 dekabr kuni ariza bilan murojaat kilib, ortiqcha tulangan mukofot pulini oilaviy хolatimdan kelib chikib (ipoteka kreditim borligi) хar oyda oylik maoshimning 30% gacha toʻlab borishimni bildirganman. Shunga asosan 2015 yil oktyabr oyigacha 1 000 000 sum pul kaytardim.Lekin bankdan menga noyabr oyida "5 kun ichida tulik summani tulamasang sudga beramiz" degan ogoхlantirish хati keldi.Men bank buхgalteriga qarzni 2015 yil dekabr oyida toʻliq toʻlashimni bir necha bor ogʻzaki aytishimga karamasdan 23.11.2015 yil kuni menga nisbatan 3 382 766 sum (bundan 307 523 sumi ya’ni 10 % davlat boji) undirish toʻgʻrisida Fukarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi. Men 3 075 242 sum ortikcha mukofot pulini 26.12.2015 yil kuni tuladim va karzim yukligi tugrisida ma’lumot suradim, biroq 307 524 sum davlat boji bank хisobidan da’vo arizasi kiritilgan paytda davlat boji sifatida toʻlanganligini aytishdi va ushbu summani 31.12.2015 yil kuni tulashga majbur buldim.Bilishimcha mendan davlat bojini nokonuniy tarzda undirishgan.
Sud karori bilan bankka tulangan davlat bojini kaytarib olishim mumkinmi? Agar mumkin bulsa kanday tartibda amalga oshiriladi?
Ekspertlarning javoblari: