Savolning ID si: 5347
Bizning korxonamiz umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi 100% ulushga egalik qilish bilan MChJ ta’sischisi hisoblanadi. MChJ (ShK) YaST toʻlovchi kichik korxona hisoblanib, qolipli non ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi. 2015 yil may oyida oʻtkazilgan aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq 2015 yil oktyabr oyida dalolatnoma asosida MChJga ustav fondiga qoʻshimcha hissa sifatida yordamchi xoʻjalik (chorva mollari, uy parrandalari, mevali daraxtlar bilan intensiv bogʻ) topshirildi. Mol-mulk balans qiymati boʻyicha egallagan yer maydoni bilan birga topshirildi.
1)Yordamchi xoʻjalikning chorva mollari va mevali daraxtlarini MChJ (ShK)ga qoʻshimcha hissa sifatida qanday toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin – qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yetarlimi yoki yana hisobvaraq-faktura ham rasmiylashtirish zarurmi? Hisobvaraq-fakturada QQS koʻrsatiladimi yoki shunchaki mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomasining umumiy summasidan 20% miqdorida byudjetga hisoblab yoziladimi?
2)Intensiv bogʻ yaratish uchun topshirilgan yer uchastkalarining maydoni 2013 yilda imtiyoz ta’siri ostiga tushdi, qolgan yillarda qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan stavka boʻyicha yer soligʻi toʻlandi. Bu holatda qaysi yillar uchun yer soligʻi boʻyicha qayta hisob-kitobni amalga oshirish zarur?
3)Mol-mulkni ustav fondiga hissa sifatida qabul qilishda MChJda qanday soliq oqibatlari vujudga keladi? MChJda topshirilgan yerdan foydalanish huquqi yuzaga kelgandan soʻng u qishloq xoʻjaligi faoliyati boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblanadimi? MChJ yer soligʻi boʻyicha imtiyozdan foydalana oladimi? Ishlab chiqarish faoliyati boʻyicha YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda MChJ qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan yer uchastkasining uch karra miqdorini kiritishi kerakmi yoki agar yer uchastkasidan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanilayotgan boʻlsa MChJ qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun koʻzda tutilgan stavka boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlaydimi?
Mol-mulkni ustav fondiga topshirishda hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi kerakmi? Mol-mulkni yer uchastkasi bilan birga jamiyatning ustav fondiga hissa sifatida qabul qilishda soliq oqibatlari qanday boʻladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.