Savolning ID si: 6069
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 7 aprelda 2195-2-son bilan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qarorga muvofiq Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash maqsadida oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) aniqlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganda mahsulotni oʻzi ishlab chiqarganligini tasdiqlovchi Davlat soliq organlariga taqdim etiladigan ariza topshirish tartibi bekor qilindi.
Shuningdek, ariza topshirish oʻrniga tovarlarni oʻzi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdigʻi boʻlib, korхona tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qoʻyilgan belgi hisoblanishi va tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun korхona javobgarligi belgilandi.
Biroq Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida ushbu mazmundagi tasdiq belgisi qoʻyadigan joy mavjud emas. Korхona esa eksportni amalga oshirmoqda. Buning natijasida Soliq organlari korхona ishlab chiqargan mahsulotni oʻzi ishlab chiqargani tizimda tasdiqlanmagan va shu sababli tushgan valyuta 50% majburiy sotilishi kerak degan talab qoʻyishga haqli boʻladi.
Yuqorida qayd etilganlarga muvofiq, Sizdan korхona oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganda qaysi tartibda oʻzi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdiqlash uchun Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida elektron raqamli imzodan foydalangan holda belgi qoʻyishi tartibini aniqlashtirib berishingizni soʻraymiz.
Ekspertlarning javoblari: