Savolning ID si: 6169
Men Abduvahobova Bahrigul, ma’lumotim oliy, Navoiy viloyat sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysida 1,0 qiymat birlik(haftalik 36 soat)da yetakchi vazifasida va qoʻshimcha haftasiga 10 soat dars yuklamasi bilan oʻqituvchi vazifasida ishlab kelaman. Bajarayotgan ish yuklamalarim amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tarifikatsiya roʻyхatidan oʻtkazilib, tasdiqlangan. Ish grafigim ertalab soat 8-00 dan soat 16-30 gacha. Har kunlik yetakchilik ish yuklamam 6 soat haftasiga 36 soat, dars yuklamam 1-2 soat atrofida haftasiga 10 soatni tashkil qiladi. Yoki har kunlik ish yuklamam 8,0 soatni tashkil qiladi va men asosiy ish vaqtimdan tashqarida pedagogik faoliyatimni bajarib kelaman.
Sanatoriyda mehnat sharoiti noqulay boʻlganligi uchun ishlayotgan хodimlarning ish haqiga Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276-sonli qaroriga asosan zarar uchun 50 foiz ustama beriladi.
Ish beruvchi zararli joyda ishlayotganimizni vaj qilib, siz 1,0 qiymatdan ortiqcha ishlashingiz mumkin emas deb, 10 soat dars yuklamamni topshirishimni talab qilayapti.
Vazirlar Mahkamasining 297-sonli qaroriga ilova qilingan Nizomning 4-bandida mehnat sharoiti noqulay boʻlgan joylarda “oʻrindoshlik” asosida ishlash mumkin emas deb koʻrsatilgan boʻlsada, mazkur Nizomda oʻqituvchilarning 50 foizgacha (haftalik 10 soat) boʻlgan pedagogik ishi oʻrindosh hisoblanmasligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib mening 10 soat dars yuklamam oʻrindosh hisoblanmasligi va qonunchilikka mos kelgan holda asosiy ishim bilan ushbu yuklamamni ham bajarishim mumkin deb hisoblayman. Shuningdek Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 275-sonli qarorida ham oʻqituvchilar oʻzining asosiy ishining 50 fozi(haftalik 10 soat)gacha pedagogik faoliyat yuritishi mumkin deb qayd etilgan.
Mehnat sharoiti noqulay boʻlgan joyda ishlayotganligi uchun oʻqituvchiga 1,0 qiymatdan ortiqcha ish yuklamasini topshirish toʻgʻrisidagi ish beruvchini talabi toʻgʻrimi? Mehnat sharoiti noqulay boʻlgan joyda oʻqituvchilar qancha ish yuklamasi bilan ishlashi mumkin?
Ekspertlarning javoblari: