Savolning ID si: 6697
1) «PAYNET» xizmatini amalga oshirayotgan xususiy korxonamiz tomonidan «Koskom» va «Yunitel» ma’suliyati cheklangan jamiyatlaridan dilerlik shartnomalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sim-kartalar sotib olinmoqda. Ushbu sim-kartalarni biz sotib olinish narxida qaytadan sotmoqdamiz. Sim-kartalar realizatsiyasidan tushgan naqd pul mablagʻlarini 20208000700405652001 raqamli asosiy xisob raqamimizga, «PAYNET» xizmatidan tushgan naqd pul mablaglarini 22604000700405652111 raqamli, bank plastik kartochkalari toʻlov terminali orqali tushgan tushumlarni esa 22604000700405652555 raqamli maxsus xisob raqamlarimizga topshirmoqdamiz. Shu toʻgʻrimi? Ya’ni nazorat-kassa mashinalaridan oʻtkazilgan naqd pul mablagʻlarini 2 ta (20208000700405652001 raqamli va 22604000700405652111 raqamli) xisob raqamga topshirsak boʻladimi? 2) Bizning xususiy korxonamizda oʻrindoshlik asosida ishlayotgan bir xodimga 470 000 soʻm miqdorida oylik ish xaqi toʻlanmoqda. Ushbu xodim boshqa bir yerda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganligi sababli eng kam ish haqining bir barobari miqdorida daromad soligʻi va sugʻurta badalini xam toʻlamoqda. Ushbu xolatda davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish kerakmi? 3) Xususiy korxona "Beeline Uzbekistan" MChJ ("Unitel" MChJ) bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi asosida sim-kartalar sotuvini amalga oshirmoqda. Hisobot oyi yakunida "Beeline Uzbekistan" MChJ tomonidan hisobvaraq-fakturaga koʻra xususiy korxonaga jami boʻlib 2000 000 soʻm, shu jumladan «Sim-kartani tarmoqqa ulanishi vakillik xaqi» uchun 1000 000 soʻm va «Ekslyuziv salon vakillik xaqi» uchun 1000 000 soʻm toʻlab berilmoqda. «Sim-kartani tarmoqqa ulanishi vakillik xaqi» uchun toʻlangan tushumdan 33% lik stavkada, «Ekslyuziv salon vakillik xaqi» uchun toʻlangan tushumdan esa 5% stavkada yagona soliq toʻlovini (YaST) xisoblanishi toʻgʻri boʻladimi? 4) “Yunitel” MChJ ning 2016 yil 31 maydagi hisobvaraq-fakturasida koʻrsatilgan quyidagi ma’lumotlarg
Uyali aloqa kompaniyalarining dilerlari uchun soxaga ta’luqli boʻlgan ishlarni tashkil etilishi, xujjatlarni rasmiylashtirilishi va soliqqa oid majburiyatlarni yuzaga kelishi bilan bogʻliq qanday xususiyatlar mavjud?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock