Savolning ID si: 7294
Jamiyatimiz kichik korxona boʻlib, u YaST toʻlovchisi hisoblanadi. Jamiyatimiz chet ellik korxona bilan tuzilgan tolling shartnomasi asosida u tomonidan xarid qilingan va Oʻzbekistonga kiritilgan xom-ashyo hamda oʻzimizning mahalliy xom-ashyo hisobidan «Bojxona nazorati ostida qayta ishlash» rejimida tayyor mahsulot (vafli) ishlab chiqarmoqchi.
1. Jamiyatimiz tolling shartnomasi asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishga haqlimi? 2. Agar haqli boʻlsa, jamiyatimiz oladigan daromadi va uning tarkibi nimalardan iborat boʻladi? Daromad qanday hisoblanadi (qaysi sanadagi kurs bilan)? Ushbu daromad YaSTga qay tartibda tortiladi? 3. Tolling shartnomasi asosida bajargan ishlari uchun xizmat haqi hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ishlatgan mahalliy xom – ashyolar qiymati evaziga, chet ellik korxona jamiyatimizga tayyor mahsulotni koldirsa, qoldirilgan mahsulotlarni jamiyatimiz mahalliy xaridorlarga sotsa, jamiyatimiz qanday soliq turlarini hamda bojxona toʻlovlarini toʻlaydi? 4. Agar qoldirilgan mahsulotni boshqa korxonalarga eksport qilsa, bunda jamiyatimiz qanday soliq va bojxona toʻlovlarini toʻlaydi? 5. Qayta ishlash xizmatlari uchun toʻlangan valyuta tushumini majburiy sotish nazarda tutilganmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock