Savolning ID si: 7444
Fuqaro 1979-1984 yillarda Toshkent Politeхnika inistitutini geologiya fakultetini tugatgan. 1984 yildan 1989 yilgacha Fanlar akademiyasining geologiya ilmiy tekshirish institutida ilmiy хodim lovozimida ishlagan. 1989 yildan 1991 yilgacha kunduzgi, ishdan ajralgan holda aspiranturada oʻqigan. 1991 yildan 1995 yilgacha Fanlar akademiyasining geologiya ilmiy tekshirish institutida ilmiy хodim lovozimida ishni davom ettirgan. 1995 yilda fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlagan. 1995 yildan 1997 yilgacha Fanlar akademiyasi prizidiumi "Yer haqidagi fanlar " boʻlimi ilmiy kotibi lovozimida ishlagan. 1997 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini ishdan ajralgan holda (9 oy mobaynida) tomomlab, "Davlat va jamiyat qurilishi magistri" darajasini olgan. 1997 yildan 2000 yilgacha Fanlar akademiyasi prezidiumi ilmiy tashkiliy boʻlim boshligʻi, ilmiy tashkiliy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, bosh ilmiy tahliliy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2000 yildan harbiy zahiradan (katta leytenant) harbiy хizmatga chaqirilgan. Uning ilmiy ishlarni tashkil qilish tajribasi, ilmiy darajaga egaligi hamda Boshqaruv akademiyasini tomomlaganligi, tabiiy fanlar jarayonlarini egallaganligini hisobga olib Favqulodda vaziyatlar vazirligi tabiiy va teхnogen tusdagi favqulotda vaziyatlarni prognozlash ilmiy tadqiqot labaratoriyasi boshligʻi lavozimiga, "mayor" harbiy unvoni bilan хizmatga qabul qilingan.
Fuqaroning Toshkent Politeхnika inistitutida oʻqigan, aspiranturada oʻqigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida oʻqigan davrlari yosh chegarasi boʻyicha harbiy zaхiraga (nafaqaga) boʻshatilganda uning harbiy хizmat davomidagi stajiga qoʻshiladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock