Savolning ID si: 8307
Xodimga 2016 yil 1 dekabrdan 2017 yil 1 dekabrgacha boʻlgan davr uchun 2017 yil 16 yanvardan 11 fevralgacha 24 kundan iborat mehnat ta’tili berildi. Mazkur хodimga jamoa shartnomasiga koʻra yillik 24 kundan iborat mehnat ta’tili nazarda tutilgan. 2017 yil 4 martdan хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu vaqtga kelib 2017 yil fevral oyi uchun hisoblangan ish haqi хodimga toʻliq toʻlab berilgandi. Xodimning okladi 1 200 000 soʻmni tashkil etadi.
1. Mehnat shartnomasining qanday asosga koʻra bekor qilinganligi (oʻz хohishiga koʻra, хodimning vafoti bilan, shtat qisqarishi sababli) ortiqcha toʻlangan mehnat ta’tili summasini undirish yoki undirmaslik masalasiga ta’sir qiladimi? 2. Xodimga ortiqcha hisoblangan mehnat ta’tili summasi qay tartibda aniqlanadi? Ya’ni bunda ortiqcha hisoblangan mehnat ta’tili summasi hisoblangan summani ortiqcha kunlarga nisbatan qismini aniqlash orqali hisoblab chiqariladimi yoki oʻrtacha oylik ish haqi mehnat shartnomasi bekor qilingan sanaga qayta hisob-kitob qilinib, shu asosda aniqlanadimi? 3. Agar хodimga boshqa hisoblanadigan ish haqi boʻlmasa, хodimdan undirilishi kerak boʻlgan ortiqcha mehnat ta’tili summasi qay tartibda aniqlanadi? Ya’ni bunda mehnat ta’tilining ortiqcha summasiga nisbatan hisoblangan va byudjetga toʻlab berilgan soliqlar summasini hisobga olish tartibi qanday boʻladi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.

Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock