Savolning ID si: 8364
Ma’suliyati cheklangan jamiyat tuman Hokimligi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadi uchun ajratilgan yer maydonida qishloq xoʻjalik mahsuloti - bugʻdoy, paxta, sabzavot mahsulotlari yetishtirish faoliyati bilan, shuningdek, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan ham shugʻullangan. Asosiy faoliyat turi-qishloq xoʻjalik mahsuloti yetishtirish boʻlganligi sababli yagona yer soligʻi toʻlovchisi boʻlib, xizmat koʻrsatish faoliyatidan yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlgan. Jamiyat qoʻshimcha ravishda investitsiya jalb qilgan holda yengil sanoat mahsulotlari - bolalar, ayollar ichki kiyimlari ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Jami ishlovchi xodimlar soni 103 kishiga yetgan. Jamiyatda 2017 yil yakuni boʻyicha jami ishlab chiqarish hajmida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi koʻp boʻlishi kutilmoqda.
1.Agar Jami ishlovchi xodimlar soni 103 kishiga yetgan boʻlsa, asosiy faoliyati ichki kiyim ishlab chiqarish boʻlgan korxona yirik korxona boʻlib qolmaydimi? 2.Agar tikuvchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi oʻz kuchi bilan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmidan koʻp boʻlsa, korxona qanday soliqlarni toʻlaydi? 3.Korxona yagona yer soligʻini toʻlashda davom etadimi? 4. PF-1050 bilan belgilangan imtiyozlar korxonaga tadbiq etiladimi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock