Savolning ID si: 8538
Bizning reabilitatsiya markazimizning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat: - geologiya soxasi xodimlariga va axoliga zamonaviy tibbiy davolash metodlaridan foydalanib va zamonaviy tibbiy uskunalarni qoʻllagan holda malakali va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish hamda ularning dam olishlarini tashkillashtirish; - geologiya soxasi xodimlari va axolining sogʻligʻini tiklash maqsadida dam olishlarini tashkillashtirish va kasallikning oldini olish hamda profilaktika qilishdan iborat. Oʻz sogʻliqlarini tiklash maksadida rebiliatatsiya markaziga qushni davlatlar fuqarolari ham kelib dam olib davolanib ketadilar. Prezidentning 02.12.2016y. PF-4861-sonli farmoniga muvofiq qabul qilingan VMning 15.03.2017y. 137-sonli qarori 1-ilovasi «Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomining 3-bandida jamgʻarma joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmon uylari, oʻtovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari koʻrsatuvchi ob’yektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimdan tushumlar xisobidan shakllantirilishi belgilangan. Ushbu qarorning 2-ilovasi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomning 2-bandiga asosan joylashtirish vositalari tomonidan xorijiy fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan 2 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida ularning joylashtirish vositalarida yashagan har bir kuni uchun yigʻim undirilishi belgilab quyilgan.
Reabilitatsiya markaziga davolanishga kelgan xorijlik fuqarolardan turistik yigʻimi undirish kerakmi yoki yoʻqmi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.