Savolning ID si: 8662
Soliq kodeksning 179-moddasi 6-bandiga asosan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xoʻjaligi boshligʻi ixtiyorida qoladigan foyda summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozga ega. Shu sababli fermer xoʻjaliklarida, odatda, rejadan ortiqcha bajarilgan va fermer xoʻjaligi ixtiyorida qolgan gʻalla, gʻalladan boʻshagan joylarga ekilgan takroriy ekinlar boʻyicha ma’lumotlar buxgalteriyada aks ettirilmaydi. Shuningdek, yagona yer soligʻini hisoblab chiqarishda ham bular ahamiyat kasb etmaydi. Lekin Soliq kodeksining 362-moddasiga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va oʻzi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotini oʻz ichiga oluvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar yagona yer soligʻi toʻlovchilari boʻladi, mazkur bandga asosan yagona yer soligʻi toʻlovchi boʻlib qolish uchun yuqoridagi kabi holatlarda ham tegishli mahsulotlarni balansga kirim qilish boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi fermer xoʻjaliklarida maqsadga muvofiq boʻladi.
1. Rejadan ortiqcha bajarilgan va fermer xoʻjaligi ixtiyorida qolgan gʻalla, gʻalladan boʻshagan joylarga ekilgan takroriy ekinlar boʻyicha ma’lumotlar buxgalteriyada aks ettirilmasligi biron bir javobgarlikka sabab boʻladimi? 2. Mazkur holatlarni ya’ni rejadan ortiqcha bajarilgan va fermer xoʻjaligi ixtiyorida qolgan gʻalla, gʻalladan boʻshagan joylarga ekilgan takroriy ekinlarni buxgalteriyada aks ettirish boʻyicha iloji boʻlsa misol orqali tushuntirish bersangiz. Bunda uni fermer xoʻjaligi hisobidan sotish yoki fermerning foydasiga oʻtkazib, keyin uni fermerning oʻzi tomonidan realizatsiya qilinishini buxgalteriyada aks ettirish boʻyicha ham ma’lumot bersangiz.
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.
lock