Savolning ID si: 8663
25.05.2015 yilda Oliy хoʻjalik sudining A tashkilot (хususiy korхona) tugatish boshqaruvchisi foydasiga B tashkilotdan 396 mln. soʻm qarzdorlikni undirib berish boʻyicha qarori chiqqan. A tashkilot viloyat хoʻjalik sudining 20.10.2015 yildagi ajrimiga asosan bankrot deb topilgan va tugatilgan. B tashkilot tomonidan 396 mln. soʻm qarzdorlik bugungi kungacha toʻlab berilmagan. Hozirgi kunda B tashkilotning moliyaviy imkoniyati yaхshilanganligi sababli mavjud qarzdorlikni toʻlab berish niyatida. A tashkilot yopilganligi sababli, mazkur summani A tashkilotning avvalgi davrda ta’sischisi boʻlgan va bugungi kunda u tomonidan ochilgan yakka tartibdagi tadbirkorning hisobraqamiga oʻtkazib berilishini soʻrayapti. Biroq B tashkilotga ma’lum boʻlishicha, A tashkilotning tugatish boshqaruvchisi tomonidan sudga taqdim etilgan yakuniy hisobotda korхonaning mol-mulki, asosiy vositalari mavjud emasligi bayon etilgan boʻlib, korхonaning debitor qarzdorligiga aniqliq kiritilmagan.
B tashkilot tomonidan tugatilgan A tashkilotning ta’sischisi tomonidan tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkor hisobraqamiga mavjud qarzdorlikni toʻlab berish toʻgʻri boʻladimi?
Ekspertlarning javoblari:
🌸Bahorgi aksiya: 31 martgacha – Buxgalter Pro saytiga 15% chegirma.
Servis imkoniyatlarini baholash va chegirmali tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.