Savolning ID si: 8940
Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining asosiy iqtisodiy faoliyati yoʻllar va shosselar qurish (IFUT 42110). Korxona tomonidan bugungi kunga qadar viloyatimizning turli hududlarida avtomobil yoʻllari va shosselarni «asfalt» toʻshama bilan qoplash ishlarini toʻliq bajarib kelmoqda. Korxonamiz tomonidan bajarilgan qurilish (avtomobil yoʻllarga “asfalt” toʻshama qoplash) ishlari oʻrnatilgan tartibda Ishchi va Davlat komissiyasiga taqdim etilmoqda. Korxonamiz tomonidan 10 000,0 mln.soʻmlik bajarilgan qurilish ishlaridan 200,0 mln. soʻmlik qismi qurilish ishlari me’yoriy qoidalarga mos kelmaganligi sababli (bajarilgan ishlar sifati qoniqarsiz) Ishchi va Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmadi. Korxona mazkur bajarilgan ishlar hajmidan umumiy holatda (qoʻshimcha qilingan xarajatlarni inobatga olgan holda) 500,0 mln. soʻm sof foyda koʻrgan. Ishchi va Davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan qurilish ob’yektidagi «asfalt» toʻshama qismi toʻliq kesib olib tashlandi va yangitdan «asfalt» toʻshama yotqizildi. Korxona tomonidan toʻliq kesib olib tashlangan «asfalt» toʻshama qoplamasiga qoʻyidagi xarajatlar qilingan edi, jumladan: - «asfalt» qoplamasining tannarxi – 100 mln.soʻm; maxsus texnika va transport xarajatlari – 80 mln.soʻm; ish haqi va ajratmalar miqdori – 20 mln. soʻm. Shuningdek, bajarilayotgan qurilish ishlari me’yor darajasida va sifatli boʻlishini ta’minlash maqsadida, smeta hujjatlarida koʻrsatilgan me’yordan ortiqcha, korxona tomonidan qoʻshimcha oʻz mablagʻi hisobidan 50,0 mln.soʻmlik transport va mexanizmlar ishlatilgan.
Avtomobil yoʻllari qurilishida korxona tomonidan sifatsiz bajarilgan ishlarga sarf etilgan qoʻshimcha xarajatlar korxonaning xarajatlar tarkibiga qay tartibda kiritiladi? Bunday xarajatlarga qanday buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi? Umumbelgilangan tartibda soliq toʻlovchi korxona uchun qoʻshimcha qilingan xarajatlarning soliq oqibatlari qanday?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.