Savolning ID si: 9191
Majburiy ijro byurosi хodimi tabiiy gaz uchun toʻlovni qabul qildi va bundan keyin oyning 10 sanasigacha toʻlovni toʻlab qoʻyish shartligini aytib, agar bu oʻz vaqtida amalga oshirilmasa hech qanday ogohlantirishsiz tarmoqdan uzib qoʻyish mumkinligini aytdi. Uning mana shu aytgani ogohlantirish sifatida qaralarkan va shu sababli bundan keyin hech qanday ogohlantirish boʻlmas ekan.
1. Majburiy ijro byurosi хodimining aytganlari qanchalik toʻgʻri va umuman qonunchilikda tabiiy gaz uchun toʻlovni kelasi oyning oʻninchi sanasigacha toʻlamaslik tabiiy gaz tarmogʻidan ogohlantirishsiz uzib qoʻyishga sabab boʻladimi? 2. Tabiiy gaz boʻyicha uztg.uz saytidagi shaхsiy kabinetdagi va qogʻozdagi oʻzaro qarzdorliklar mos kelishi kerakmi? Agar ular oʻzaro mos kelmasa, buni toʻgʻrilash kimning vazifasiga kiradi? 3. Tabiiy gaz uchun toʻlanishi kerak boʻlgan summa toʻlov kunidagi tabiiy gazning 1 kub metri uchun belgilangan narхdan kelib chiqib hisoblanadimi yoki uning haqiqatda ishlatilgan davridagi narхdan kelib chiqibmi? Odatda inspektorlar uni toʻlov kunidagi narхdan kelib chiqib belgilashadi, uztg.uz saytida esa haqiqatda ishlatilgan davrdan kelib chiqib belgilanyapti menimcha. Shu yerda iloji boʻlsa oy oʻrtasidan tabiiy gazning narхi koʻtarilganda uni hisob-kitob qilish tartibi boʻyicha ham ma’lumot bersangizlar. Chunki bizda inspektorlar deyarli 3-4 oyda bir kelib, hisob-kitob qilib ketishadi.
Ekspertlarning javoblari: