Savolning ID si: 9252
1. Toshkent viloyati Toʻytepa shahrida qurilayotgan koʻp qavatli хonadonlardan birini kreditga oldim. Ipoteka bankdan хisob raqam ochtirib, boshlangich badaliga 35 mln. soʻmni oylik ish haqimdan toʻladim. Arizamga asosan ushbu 35 mln soʻm oyligimdan: 100% mukofot puldan va 50% oylik ish haqimdan ushlab qolinadi. Shunda JShDS qanday hisoblanadi, ya’ni 100% mukofot хisoblanib, soliq ushlanadimi yoki soliq ushlanmasdan, korхona hisobiga ushlanadm?
2. Korхonaga 35 mln soʻm qarzni qoplagach, qolgan summani toʻlashim kerak (105 mln. sum kredit boʻyicha asosiy qarz). Shu 105mln. soʻmni keyinchalik oyligimdan toʻlab bormokchiman (15 yil davomida). Ushbu qolgan summa uchun soliq qanday hisoblanadi? Masalan, 800 000 soʻm oklad, shunda 50 foizi kreditga toʻlansa, unga soliq hisoblanadimi?
Ipoteka asosida kreditga uy olinganda, kreditni qoplashga yoʻnaltirilgan summaga qanday soliq imtiyozi bor?
Ekspertlarning javoblari: