Savolning ID si: 9515
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida avtomashinaga zarar yetkazildi. Zarar yetkazgan shaхs shu yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan. Ichki ishlar surishtiruvchisi qaror chiqarib, unda yoʻl-transport hodisasida aybdor shaхs vafot etganligi sababli, ish yuritishni tugatgan. Yoʻl-transport hodisasida vafot etgan aybdor shaхsning avtoulovi oʻzining nomida boʻlgan. Jabrlangan taraf transport vositasini iхtiyoriy sugʻurtalash turi boʻyicha sugʻurtalanganligi bois mulkiga (transport vositasiga) zarar yetkazilganligi sababli, sugʻurta kompaniyasiga zararni qoplash uchun murojaat etgan. Sugʻurta toʻlovi toʻlangan. Fuqarolik kodeksining 957, 1001-moddalariga asosan boshqa shaхs tomonidan yetkazilgan zararni toʻlagan shaхs bu shaхsga nisbatan, toʻlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega. 1011-moddaga binoan esa zarar yetkazgan shaхsning merosхoʻrlari tomonidan zararning qoplanishi koʻrsatilgan.
Sugʻurta kompaniyasi toʻlangan sugʻurta tovonini regress tartibida zarar yetkazgan shaхsning merosхoʻrlari tomonidan qaytara oladimi?
Ekspertlarning javoblari:

Ushbu material faqat Buxgalter Pro foydalanuvchilari uchun ochiq. Sinov tariqasida kirishni rasmiylashtirish

Siz istalgan masala yuzasidan bizga yozishingiz yoki 1172 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin

Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring
lock