Savolning ID si: 9747
YaST toʻlovchi korxonamiz ishlab chiqarish va ulgurji savdo faoliyatini amalga oshiradi. Korxona muassislari uch kishidan iborat boʻlib, ulardan ikkitasi 2017 yil yakuni boʻyicha olingan sof soydaning oʻzlariga tegishli boʻlgan qismini korxonaning ustav fondiga yoʻnaltirishni rejalashtirmoqdalar. Ushbu 2-ta muassislar 2017 yil davomida qarz shartnomasi orqali 5 yil muddatga (yillik 0,1%) korxonadan qarzga pul mablagʻlari olishgan. Ular ushbu olingan qarz mablagʻlarini 2018 yilning 1-choragi davomida Ustav fondidagi ulushlarini kamaytirish hisobiga qoplab berishni rejalashtirmoqdalar.
1. Korxona muassislari sof foyda hisobidan Ustav fondi miqdorini oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari mumkinmi va ushbu holatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?
2. MChJ muassislari korxonadan qarz shartnomasiga asosan pul mablagʻlari olgan boʻlsa, ushbu qarz mablagʻlarini ular Ustav fondidagi ulushlarini kamaytirish hisobidan qoplab bersa boʻladimi va agar bu mumkin boʻlsa ushbu operatsiya natijasida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi, Ustav fondini kamaytirish uchun qanday hujjat rasmiylashtiriladi?
Ekspertlarning javoblari:
Servis imkoniyatlarini baholash va tarifga ulanish uchun
sinov tariqasida kirishni rasmiylashtiring.
Savollar yuzaga keldimi? Bizga yozing yoki 1172 raqami orqali bogʻlaning.
Saytga kirish imkoniga ega boʻlsangiz, oʻz login va parolingiz bilan kiring.