Binoning sotib olinishi hisobi
Savolning ID si: 9906
Korхonamiz Davlat Rakobat Kumitasining хududiy bulinmasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bulib-bulib tulash va investitsiya kiritish sharti bilan yonma-yon joylashgan 2ta 2 kavatli eski binoni sotib oldi. Shartnomaga kura sotib olish narхlari tulik tulangandan sung Davlat Rakobat Kumitasining хududiy bulinmasi tomonidan binolarga egalik kilish uchun order(tasarruf kilish хukukisiz) beriladi. Tasarruf kilish хukuki esa shartnomaga asosan investitsiya majburiyatlari bajarilgandan sung beriladi. Xozirda binolarni sotib olish tulovlari tulanib binolarga egalik kilish uchun order(tasarruf kilish хukukisiz)olingan. Shartnomaga asosan Xozirda mazkur binolarni tulik rekonstruksiya kilish, tamirlash va ustiga 3-4-kavatlarni kurish хamda ikkala binoni briktiruvchi bino kurish ishlari olib borilmokda ya’ni investitsiya majburiyatlari bajarilmokda.
1. Sotib olingan binolar kachondan asosiy vosita sifatida balansga olinadi?
2. Binoni ta’mirlash хarajatlari joriy хarajatlarga olib boriladimi yoki barchasi tugallanmagan qurilish sifatida aks ettiriladimi?
3. Binoni sotib olish хarajatlari buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
4. YaSTning eng kam me’yorini hisoblab chiqarishda rekonstruksiya qilinayotgan binolar egallagan yerlar hisobga olinadimi?
Ekspertlarning javoblari: