Javob beramiz
Xoʻjalik faoliyati turlari
2016 yildan biz ulgurji savdo korxonasi xisoblanib yagona solik tulovchi xisoblanamizmi? Eski solik turida kolishimiz mumkinmi? 2016 yilning 1 choragi uchun xisoblangan va topshirilgan soliklar kanday rasmiylashtiriladi? 2015 yil uchun xisoblangan solik va majburiy tulovlar oʻzgarmaydimi?
2015 yil yakunlari boʻyicha tashkilotingizning asosiy faoliyat turi savdo faoliyati boʻlganligi tufayli, ya’ni umumiy realizatsiya qilish hajmida savdo faoliyatidan tushgan sof tushum ulushi ustunlik qilganligi uchun (savdo faoliyati tushumi hajmi 67%), 2016 yil boshidan sizning tashkilotingiz savdo korxonasi hisoblanib, yagona soliq toʻlovi toʻlashi kerak.
Sizlardan iltimos ShNK 3,01,04-04 ning 1,6 bandini izohlab bersangiz.
ShNK 3.01.04-04 "Qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish" (Davarxitektqurilishqoʻmning 25.12.2003 yildagi 81-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan) ning 1.6-bandiga muvofiq ob’yektni davlat qabul qomissiyasiga topshirishdan oldin uni buyurtmachi (quruvchi) tayinlaydigan ishchi komissiyasi qabul qilishi kerak.
Adabiyotlarni veb saytda joylashtirish uchun kimdan yoki qaysi tashkilotdan ruxsat olishim kerak boʻladi? Adabiyotlarning mualliflik huquqi boʻyicha mualliflardan ruxsat soʻrash kerakmi yoki nashriyotlarmi, balki boshqa vazirlik, idoralarmi?
Xususiy elektron kutubxonangiz davlat standartlariga muvofiq boʻlishi maqsadida Sizga uni tashkil etishda ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga tayanishingizni tavsiya qilaman.
Jamiyat yuridik va jismoniy shaxslardan qayta ishlanmagan dukkakli ekinlar - mosh va loviyani sotib olib yangi texnologik uskunada quyidagi texnologik jarayonni bajaradi: qobigʻidan ajratish, chang va yot narsalardan tozalash, navlarga ajratish, qadoqlash. Bu holatda olingan mahsulot oʻzi yetishtirgan mahsulot hisoblanadimi? Shu faoliyatga ixtisoslashgan kichik biznes sub’yekti uchun XXTUT qanday aniqlanadi?
Oʻzi ishlab chiqargan tovar deganda korxona oʻzi tomonidan ishlab chiqarish texnologik jarayonini hisobga olgan holda, oʻziga tegishli boʻlgan yoki jalb etilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan yoki qayta ishlangan mahsulot (jumladan yarim tayyor mahsulot) tushuniladi (AV tomonidan 2011 yil 16 fevralda 2195-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan MV va DSQ Qaroriga ilovaning 5-bandi).
Yakka tartibdagi tadbirkor pistani qayta ishlash va qadoqlash bilan shugʻullanishi mumkinmi hamda soliq summasi qancha boʻladi? Agar mumkin boʻlmasa, MChJ yoki xususiy korxona shaklida tashkil etilgan firma qanday stavka boʻyicha soliq toʻlashi lozim - ishlab chiqarish sifatida 5%mi yoki tayyorlov tashkiloti sifatida 33%mi?
Pistani qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha faoliyat Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida koʻzda tutilmagan.
Parrandachilik qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga kiradimi?
Shartnoma asosida boshqa korxona buxgalteriya hisobini yuritadigan autsorsing tashkilotining huquq va majburiyatlari qanday?
Autsorsing tashkiloti vakili operatsiyalar ijrosi uchun mas’ul shaxs sifatida emas, balki tayyorlangan hujjat ijrochisi sifatida imzo qoʻyishi mumkin.
Agar korxona suyultirilgan gazni avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari orqali yuridik shaxslarga vedomost boʻyicha pul oʻtkazish yoʻli bilan sotsa, u holda bu ulgurji yoki chakana savdo hisoblanadimi?
Agar siz faqat suyultirilgan gazni avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari orqali yuridik shaxslarga pul oʻtkazish yoʻli bilan sotish bilan shugʻullansangiz, u holda bunday faoliyat ulgurji savdo ta’rifiga toʻgʻri keladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter