Javob beramiz

Foyda soligʻi

Bankdagi omonat boʻyicha olingan foizlarni soliqqa tortish


Agar korxona notijorat yoki byudjet tashkiloti boʻlmasa, qoʻyilgan depozitlar foizlarini oʻz soliq bazasida daromad sifatida hisobga olib, u boʻyicha foyda soligʻini oʻzi toʻlaydi.

Foizsiz qarz berishning soliq oqibatlari


Ikkala tarafda ham daromad vujudga kelmaydi, demak, soliq oqibatlari ham kelib chiqmaydi. MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan past foizlarda qarz berishda ham tomonlar uchun soliq oqibatlari mavjud emas.

Xodim korxonaning mablagʻidan oʻz manfaatida foydalanganda soliq oqibatlari


Agar korxona xodimning qarzidan voz kechsa, foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga keladi.

Sugʻurta summasi olinishining soliq oqibatlari


Sugʻurta shartnomasa asosida sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) olinganida, hech qanday soliq oqibatlari vujudga kelmaydi.

Yaroqsiz holatga kelgan oziq-ovqat mahsulotlari hisobdan chiqarilishi tartibi va soliq oqibatlari


Sizning vaziyatingizda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari mavjud.

Korxonaga tegishli mehmonxonada xodimlar va boshqa mehmonlar bepul yashashlarining soliq oqibatlari


Sizning vaziyatingizda soliq oqibatlari turli omillarga bogʻliq.

Tovarlarni olib kirish va reeksport qilish bilan bogʻlik xarajatlar chegiriladimi


Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar chegiriladi. Xarajatlarning shunday deb tan olinish shartlari SK 305-moddasi 3 va 4-qismlari bilan belgilangan.

Norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro yuk tashish xizmatlarining soliq oqibatlari


Korxonangiz norezident yuridik shaxslarga bunday daromadlarni toʻlaganida soliq agenti sifatida norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summasini hisoblab ushlab qolishi kerak.

Ta’sischining xarajatlari korxona ustav fondiga hissa sifatida yoʻnaltirilmasligi


Ta’sischi tomonidan amalga oshirilgan kapital ta’mirlash qiymati ustav fondiga hissa boʻlishi mumkin emas.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasi – bu maqsadli tushum, soliqqa tortilmaydi


Soliq organlari tomonidan SKning 75-moddasi 5-qismiga koʻra ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq summasini 2017 yil 18 apreldagi PQ-2900-son qaror qabul qilingan sanadan 3 yil oʻtgach (2021 yil 18 apreldan) soliqqa tortishlari notoʻgʻri.

Qoʻshimcha hisoblangan va korxona xarajatlariga olib borilgan QQS summasi foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajat deb e’tirof etilishi


Soliq qonunchiligining talabini bajarish maqsadida korxona xarajatlariga olib boriladigan byudjetga toʻlanadigan soliq summalari 2019 yilda foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar tarkibiga kiritilgan.

Avtotransport vositasini sotib oluvchisiga hisob-ma’lumotlari tekinga berilganda buxgalteriya hisobi va soliq solish


Avtotransport vositalarini sotib oluvchilarga tekinga berilgan hisob-ma’lumotlarning xarid qiymatiga foyda soligʻi solinmaydi.

Xorijiy kompaniya oʻzbekistondagi boshqa bir xorijiy kompaniyaning vakolatxonasiga marketing xizmamtlarini koʻrsatganda soliq oqibatlari


Oʻzbekiston hududida marketing xizmatlarini koʻrsatadigan xorijiy kompaniya respublikada xizmatlar koʻrsatishdan toʻlov manbaida foyda soligʻi solinadigan daromad oladi

Tovar qarzi qaytarilganda soliq oqibatlari


Tovar qarzi QQSni hisobga olgan holda 10 mln soʻmga qaytarilishi lozimligi sababli hisobvaraq-faktura qayta rasmiylashtirilishi kerak.

A’zolik badallari: buxgalteriya hisobidagi provodkalar


Assotsiatsiyalarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga toʻlanadigan badallar, agar bunday badallarni toʻlash soliq toʻlovchi faoliyatining amalga oshirilishi uchun majburiy shart boʻlsa yoki OʻzR Prezidentining, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilsa, chegiriladigan xarajatlar hisoblanadi