Javob beramiz
Muassislar bilan hisob-kitoblar
Ustav fondiga ortiqcha kiritilgan pul mablagʻlari hisobi
Bu summa hozircha 6330 «Ta’sischilarning ustav kapitalini oshirish boʻyicha ulushlari» schyotining kreditida ta’sischi oldida kreditorlik qarzi sifatida aks etib turadi.
Valyuta bilan yuborilgan ulush yetib kelguncha kurs oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi.
UFning oshirilishi vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilmadi
Muddat oʻtkazib yuborilsa, jamiyat ustav fondining koʻpaytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi.
Toʻlanmagan dividend
Ba’zi holatlarda (sabablar tufayli) dividendlarning toʻlanishiga qonuniy cheklov yuzaga kelishi mumkin. Ushbu holat tugaganda jamiyat dividendni toʻlab berishi kerak.
Shoʻ’ba korxona muassisga dividend toʻlab berganda buxgalteriya oʻtkazmalari
Shoʻ’ba korxona muassisga dividend toʻlab berganda 4840 - “Olinadigan dividendlar” va 9520 -“Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” buxgalteriya schyotlarida aks ettiriladi.
Ustav fondini kamaytirish hisobiga pul mablagʻlarini toʻlanganda soliq oqibatlari
MChJ ishtirokchilariga ustav fondini kamaytirish hisobiga pul mablagʻlarini toʻlash MChJga ham, uning ta’sischilari uchun ham qandaydir soliq oqibatlariga sabab boʻlmaydi.
Berilgan valyutaning keyinchalik ulushga aylanishi
Valyutada ifodalangan majburiyatning buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida milliy valyutada qayta hisoblanadi.
Ustav kapitalini oshirish uchun chet el valyutasini kiritgan ta’sischining ta’sischilar safidan chiqishi
Ta’sischining UKdagi ulushning haqiqiy qiymati nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, yuzaga kelgan ijobiy farq dividend hisoblanadi va soliqqa tortiladi.
MChJ foydasini dividendlarga taqsimlash
2024 yil II chorakda 2023 yil II choragi uchun foydani dividendlarga taqsimlash notoʻgʻri.
Shirkatda foyda taqsimoti
Buxgalteriya hisobining tashkil etilishi va yuritilishi jihatidan shirkatlar umumbelgilangan tartib (buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida qonun, BHMS) asosida ishlaydi.
Ta’sischining jamiyatdan chiqishi
Ushbu xoʻjalik amaliyotlari yigʻilish bayonnaomalari va qarorlari bilan rasmiylashtiriladi.
Ta’sischining xarajatlarini ustav fondiga kiritish mumkinmi
Qator ekspertlarning fikriga koʻra qurilish-montaj ishlarining qiymatini ustav fondiga ulush sifatida kiritish mumkin emas.
Korxona foydasi dividend sifatida taqsimlanishi mumkinligi
Yil yakunlariga koʻra korxona foydasi aniqlangach, ushbu foyda summasi ta’sischilarga dividend sifatida taqsimlanishi mumkin.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter